Rossiya harbiylari mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Surxondaryoga keldi
Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlari 30 iyuldan 10 avgustgacha Surxondaryo viloyatida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Surxondaryo viloyati hududidagi «Termiz» poligonida O‘zbekiston – Rossiya qurolli kuchlari hamkorligida o‘tkaziladigan qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etuvchi Rossiya qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.
Mashqlar «Termiz» poligonida 30 iyuldan 10 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ularda Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlarining 1,5 mingga yaqin harbiysi ishtirok etadi.
Ushbu mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyat hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygani ortida yomonlashgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.
Ma'lumot uchun, Rossiya harbiylari ayni paytda tojik-afg‘on chegarasi yaqinidagi mashg‘ulotlarda ham qatnashmoqda.
Mavzuga oid
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024