Jahon | 22:31 / 02.08.2021
45041
2 daqiqa o‘qiladi

Asqar Akayev Qirg‘izistonga nima uchun qaytganini aytdi

Akayev prezident Sadir Japarov bilan uchrashgan.

Foto: Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

Qumtor oltin koni ishi bo‘yicha so‘roqda qatnashish uchun Rossiyadan Bishkekka kelgan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev ilk bayonotini berdi.

«Men Qumtorni qanday, nima uchun qurganimiz, qanday xatolar yuz bergan bo‘lishi mumkinligi, bir so‘z bilan aytganda, hammasi to‘g‘risida so‘zlab bergani keldim. Tergov davom etadi, men bugun keldim, ish bilan endi tanishdim»,— dedi Akayev.

U Bishkekka bir haftaga kelganini aytdi, deb xabar bermoqda «Sputnik Qirg‘iziston».

Akayev shuningdek, prezident Sadir Japarov bilan uchrashganini aytdi.

«Japarov bilan qarorgohida uchrashdik. Hammasini aytib berishim uchun menga yo‘l ochgani tufayli minnatdorlik bildirdim»,— dedi u.

Asqar Akayev Qirg‘izistonni 1991 yildan 2005 yilgacha boshqargan, so‘ngra prezidentlikdan chetlatilgan. U Rossiyaga ketgan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Iyul oyida Asqar Akayev xalqaro qidiruvga berildi.

Mavzuga oid