O‘zbekiston | 21:10 / 05.08.2021
199795
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning AQShdagi nabirasi yarimyalang‘och holda tushgan rasm muhokamalarga sabab bo‘ldi

Islom Karimovning Amerikada yashayotgan nabirasi Maryam Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarovning birga tushgan ochiq surati keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Maryam ichki kiyimsiz ekani ko‘ringan rasmni Amiran o‘zining Instagram'dagi sahifasiga joylagan.

Original fotoning bir qismi xiralashtirilgan / Instagram

Rossiyalik vloger surat ostidagi izohda rus tilida “jyena” deya yozib qoldirib, yonidagi ayol xotini ekanini bildirgan va uning Instagram akkauntini yozib qoldirgan.

Maryam Tillayeva o‘zidan 13 yosh katta Amiran Sardarovga shu yil aprelda turmushga chiqqan edi. Juftlikning to‘yi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgandi.

Ma'lumot uchun, Maryam – O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi – Lola Karimova-Tillayevaning farzandi. U AQShga bundan 7 yil avval, 14 yoshida ko‘chib kelgan (bu haqda xorijiy nashrlardan biriga bergan intervyusida aytib o‘tgan).

Amiran esa 2020 yilda yangi hayot boshlash uchun Rossiyadan AQShga ko‘chib borgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol ekani bilan ham e'tiborga tushgan.

Mavzuga oid