Dehqonoboddagi kovrak ekilgan maydonlar qorako‘lchilik klasterlari tomonidan talon-toroj qilinayotgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida kovrak yetishtirish bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning videomurojaati tarqaldi. Unda ma'lum qilinishicha, kovrak ekilgan maydonlar qorako‘lchilik klasterlari tomonidan talon-toroj qilinmoqda. Tuman hokimligi mazkur masala bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanida o‘ndan ziyod tadbirkorning kovrak ekilgan yer maydonlari qorako‘lchilik klasteri xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda talon-toroj qilinayotgani haqida videomurojaat tarqalgan. Murojaatda tadbirkorlar milliardlab ziyon ko‘rayotganini aytib, mutasaddilardan ko‘mak kutayotganini ma'lum qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman hokimligi munosabat bildirib, ish viloyat ishchi guruhi tomonidan o‘rganib bo‘lingani, biroq yakuniy to‘xtamga kelinmaganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, ishchi guruh holatni o‘rganish davomida yeri tortib olinganini aytayotgan tadbirkorlarga ayni kunda klaster egaligiga o‘tgan pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga qarashli yerlardan ijara asosida foydalanish taklifini bergan. Taklif berilgan paytda taklifga rozi bo‘lgan ayrim tadbirkorlar endilikda mazkur taklif ularga ma'qul kelmayotganini bildirgan. Shundan so‘ng videotasvirlardagi holat kelib chiqqan.
Hokimlik mazkur voqeani o‘rgangan viloyat ishchi guruhi yakuniy xulosa bergach, masala yechim topishini qo‘shimcha qilgan.
Ma'lumot uchun, 2021 yil 8 iyulda prezidentning «Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilingan. Mazkur qarorning 6-bandiga asosan, endilikda jismoniy va yuridik shaxslar Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hududida dorivor o‘simliklarni, shu jumladan, kovrak o‘simligini yig‘ish, ekish va yetishtirish uchun qo‘mita bilan ijara shartnomasi tuzib, unda belgilangan hududlarda rejasini amalga oshirishi belgilab berilgan.
Prezidentning 2020 yil 2 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, Dehqonobod tumanidagi barcha – 177 ming gektar yer maydoni Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi hisobiga o‘tgan. Shu jumladan, tumanda faoliyat olib borgan va har yili o‘rtacha 5-6 million dollarlik eksport ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 21 nafar kovrak yetishtiruvchi tadbirkorlarning yerlari ham qo‘mita hisobiga o‘tib ketgan.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
08:21 / 02.12.2024