O‘zbekiston | 10:03 / 10.08.2021
5377
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston janubida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari yakunlanmoqda 

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi esa harbiylar mashqlardan bo‘sh paytda vaqtini qanday o‘tkazganini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida 1 avgustda boshlangan harbiy mashqlari bugun, 10 avgust kuni yakunlanadi.

Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichini O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari -  Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Shuhrat Xolmuhammedov, Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo va Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin kuzatmoqda. Bu haqda Tojikiston mudofaa mahkamasi matbuot markazi boshlig‘i, polkovnik Faridun Mahmadalizoda «Aziya-Plyus»ga ma'lum qildi. 

10 kunlik mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.

Mashqlar davomida harbiylar shartli ravishda Tojikiston hududiga bostirib kirgan noqonuniy qurolli tuzilmalar otryadlarini qo‘shinlar guruhi tomonidan mag‘lub etish bo‘yicha jangovar harakatlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rdi.

Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya mudofaa idoralari bo‘linmalari terrorchi guruhlarni davlat chegarasini kesib o‘tishi vaqtida yo‘q qilish bo‘yicha mashq o‘tkazadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mashqlar bo‘lmagan vaqtdagi holatlar tasvirlangan videoni e'lon qildi. 

Mavzuga oid