O‘zbekiston | 10:09 / 14.08.2021
15962
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar yuqoriligicha qolmoqda, yana 9 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 966 kishida koronavirus, 529 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 9 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 13 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 142124 (+966) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 88 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 37 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 68 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 96 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 91 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 43 nafari Xorazm viloyatida,
  • 101 nafari Toshkent viloyatida,
  • 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 83 nafar,
  • Andijon viloyatida 40 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 63 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
  • Navoiy viloyatida 28 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Samarqand viloyatida 177 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 42 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 91 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 86 nafar,
  • Xorazm viloyatida 24 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 135228 (+921) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra kasallikdan vafot etganlar soni 970 nafarni tashkil qilmoqda.

SSV 13 avgust kuni 529 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 17414taga yetgani, so‘nggi bir kunda ularning 521 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 10023 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergan. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 117 nafarga yetdi.

Ma'lumot uchun, 12 avgust holatiga ko‘ra, 948 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya qayd etilib, 12 bemor vafot etgandi.

Mavzuga oid