Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» yo‘lovchisi vafot etdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» yo‘lovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 avgust kuni soat 17:00larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M39 Almati-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1005-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1995 yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi «Kobalt» mashinasi hamda 1992 yilda tug‘ilgan O.J. boshqaruvida bo‘lgan «ZIL» rusumli yuk mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda, «Kobalt» yo‘lovchisi U.Q. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchi M.S. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024