O‘zbekiston | 10:27 / 20.08.2021
12468
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Jami holatlar soni 1,2 mingdan ko‘proq, yana 9 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 863 kishida koronavirus, 395 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan yana 9 kishi vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 19 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 147322 (+863) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 92 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 27 nafari Buxoro viloyatida,
  • 50 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 39 nafari Namangan viloyatida,
  • 93 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 88 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 90 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 31 nafari Xorazm viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent viloyatida,
  • 157 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 nafar,
  • Andijon viloyatida 130 nafar,
  • Buxoro viloyatida 36 nafar,
  • Jizzax viloyatida 48 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 18 nafar,
  • Namangan viloyatida 78 nafar
  • Samarqand viloyatida 173 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 69 nafar
  • Surxondaryo viloyatida 105 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
  • Xorazm viloyatida 25 nafar,
  • Toshkent viloyatida 85 nafar,
  • Toshkent shahrida 108 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 140088 (+1067) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra shu vaqtgacha ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 1008 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 19 avgust kuni 395 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 19981taga yetdi. Kecha ularning 353 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12521 nafarni tashkil qilmoqda. 

Pnevmoniyaga chalingan 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha ushbu kasallik qurboni bo‘lganlar soni 135taga yetdi.

Mavzuga oid