O‘zbekiston | 10:50 / 21.08.2021
9545
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar 1,3 mingga yaqin, yana 10 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 881 kishida koronavirus, 412 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 10 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 20 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148203 (+881) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 43 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 45 nafari Jizzax viloyatida,
  • 33 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 42 nafari Namangan viloyatida,
  • 89 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 85 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 87 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 92 nafari Toshkent viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 108 nafar,
  • Buxoro viloyatida 29 nafar,
  • Jizzax viloyatida 42 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 34 nafar,
  • Navoiy viloyatida 21 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar
  • Samarqand viloyatida 177 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 89 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
  • Xorazm viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 140941 (+853) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 7 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra pandemiya boshidan buyon O‘zbekistonda koronavirus qurboni bo‘lganlar soni 1015 nafarga yetdi.

SSV 20 avgust kuni 412 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 20393 nafarga yetgani, kecha ularning 408 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12929 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar qilgan. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 138 nafarga yetdi.

Mavzuga oid