O‘zbekiston | 08:33 / 26.08.2021
7487
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston zaytun moyi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shildi

Foto: Getty Images

2021 yil 2 avgustdagi «Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jyeneva, 2015 yil 9 oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonun qabul qilindi.

Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitim 2015 yil 9 oktyabrda Jyenevada qabul qilingan.

Bitimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

standartlashtirish va tadqiqotlar sohasida:

  • savdoda har qanday to‘siqlarning oldini olish uchun zaytun moyi va ozuqabop zaytun mevasining fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlariga oid milliy va xalqaro qonunchilikni birxillashtirishga ko‘maklashish;
  • xalqaro standartlarni mustahkamlash maqsadida zaytun mahsulotlarining tarkibi va sifat xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish uchun fizik-kimyoviy va organoleptik tahlil ishlarini amalga oshirish;
  • firibgarlik va chalg‘ituvchi amaliyotlar hamda qalbakilashtirishning oldini olish;

zaytunchilik, zaytun moyi ishlab chiqarish texnologiyasi va texnik hamkorlik sohasida:

  • davlat yoki xususiy organlar va/yoki tashkilotlar o‘rtasida milliy va xalqaro darajada hamkorlikni kengaytirish orqali zaytunchilik tarmog‘ida texnik hamkorlik hamda tadqiqotlar va ishlanmalarni rag‘batlantirish;
  • zaytun daraxtlarining genetik manbalarini aniqlash, saqlab qolish va foydalanishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • zaytunchilik va atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, xususan, atrof muhitni muhofaza qilishga hamda ushbu sektorni kompleks va barqaror rivojlantirishni ta'minlash va uzluksiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida o‘rganib chiqish va boshqalar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 3.08.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid