O‘zbekiston | 19:47 / 27.08.2021
11480
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 80 foizdan ortig‘ida «delta» shtammi aniqlanmoqda

O‘zbekistonda koronavirus shtammlarining eng xavfli «delta» shtammi eng ko‘p tarqalgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarqalish bo‘yicha koronavirusga chalingan bemorlarning 82 foizida koronavirusning «delta» shtammi uchragan, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda «alfa» shtammi 10,3 foiz va «20A» shtammi 7,7 foiz bilan qayd etilgan.

Markaz direktori Shahloxon Turdiqulovaning aytishicha, so‘nggi haftalarda koronavirusning «delta» varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan to‘rt qismida uchragan.

«Hind shtammi» deb nomlanuvchi virus turi «Uhan» va «Britan» versiyalariga qaraganda ko‘pincha kasallikning og‘ir shakllariga olib kelishi xavotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan o‘zgartiradi. Afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubatsiya davri qisqarib, sog‘liq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi.

Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali. Emlanganlar kamdan kam hollarda kasallikka uchragan taqdirda ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19’ni yengil o‘tkazadi. Buni 24 avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi», degan u.

  • Rasmiy nomi – SARS-CoV-2 Delta-shtamm bo‘lgan bu tur boshqalaridan o‘zining xavfligi bilan ajralib turadi. Koronavirusning bu shtammida yangi xususiyat – uning inson organizmida antitanalardan «qocha olish» qobiliyati aniqlangan edi.

Mavzuga oid