Jamiyat | 11:07 / 31.08.2021
3016
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda fohishaxona tashkil etgan ayol IIB xodimiga «ishni yopish» uchun 3 ming dollar pora bermoqchi bo‘lganda ushlandi

Samarqand shahridagi yashash xonadonida fohishaxona tashkil etgan ayol IIB xodimiga ishni ijobiy tomonga hal qilib berishi uchun 3000 AQSh dollarini pora sifatida berayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Bog‘dod ko‘chasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. yashash xonadonida fohishaxona tashkil etgani aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shundan so‘ng S.Sh. qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB tergov bo‘linmasi tergovchisi yoniga kelib, ishini ijobiy tomonga hal qilib berishini so‘rab, 3 000 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodim unga pora berish jinoyat ekanini bir necha marotaba tushuntirishiga qaramay, S.Sh. 28 avgust kuni 3 000 dollarni berish uchun kelishini aytib ketgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovchi IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgiga asosan, 28 avgust kuni IIV ShXBB hududiy bo‘linmalari Samarqand viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro S.Sh. tergovchiga 3 000 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlanib, pullar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid