«Bulung‘ur buyum savdo kompleksi» MChJda yong‘in sodir bo‘ldi. 20 ta do‘kon yonib ketdi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan «Bulung‘ur buyum savdo kompleksi» MChJda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jami 20 ta do‘kon yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha 31 avgust kuni soat 23:16larda Bulung‘ur tumani «A.Temur» MFY Bulung‘ur shohko‘chasida joylashgan, «Bulung‘ur buyum savdo kompleks» MChJga qarashli ikki qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 01:26 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning ikkinchi qavatida bo‘lgan, «Bulung‘ur buyum savdo kompleks» MChJga qarashli 5 ta va unga tutash bo‘lgan 15 ta savdo do‘konlari yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda, yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Ushbu xodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024