O‘zbekiston | 10:42 / 01.09.2021
7253
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar kamayishi davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 742 kishida koronavirus, 244 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 9 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 31 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157136  (+742) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 24 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 19 nafari Jizzax viloyatida,
  • 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 13 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,
  • 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 26 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 69 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 116 nafari Toshkent viloyatida,
  • 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qatorasiga uchinchi kun koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik holatlar soni 800dan past bo‘lmoqda.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 nafar
  • Buxoro viloyatida 24 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Navoiy viloyatida 16 nafar,
  • Namangan viloyatida 71 nafar,
  • Samarqand viloyatida 86 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 33 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 50 nafar,
  • Xorazm viloyatida 38 nafar,
  • Toshkent viloyatida 109 nafar,
  • Toshkent shahrida 154 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 149273 (+683) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1088 nafarni tashkil qilmoqda.

31 avgust kuni 244 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 23909taga yetdi. Kecha bemorlarning 306 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16576 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 174 nafarga yetdi.

Mavzuga oid