O‘zbekiston | 10:13 / 08.02.2022
5851
2 daqiqa o‘qiladi

To‘lqin ortga qaytmoqda: O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni 800dan kamaydi

SSV O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 773 kishida koronavirus aniqlangani, 500ga yaqin kishi kasallikdan tuzalgani, 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 7 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 230401 (+773) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda fevral oyi boshida kasallikning navbatdagi to‘lqini ortga qayta boshladi, 3 fevral kuni ilk bor kunlik holatlar mingdan kamaygani (+926) xabar qilingandi. Shundan buyon kunlik holatlar mingdan oshmadi - 4 fevral kuni 961, 5 fevral kuni 912, 6 fevral kuni 887, 7 fevral kuni 832 holat qayd etilgandi.

Shu bilan birga Toshkent shahrida kasallanish holatlari yuqoriligicha qolmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 22 nafari Andijon viloyatida,
  • 22 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 23 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 34 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent viloyatida,
  • 445 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: 

  • Andijon viloyatida 27 nafar,
  • Buxoro viloyatida 34 nafar, 
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 9 nafar,
  • Samarqand viloyatida 62 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 7 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 27 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 121 nafar,
  • Xorazm viloyatida 74 nafar,
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,
  • Toshkent shahrida 55 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 213123 (+474) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 2 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1588 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 129 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzuga oid