O‘zbekiston | 10:36 / 03.09.2021
14190
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: kunlik holatlar iyul oyidan buyon ilk marta 700dan kam bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 689 kishida koronavirus, 93 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 9 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 2 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 158561 (+689) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 69 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 25 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 19 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 19 nafari Namangan viloyatida,
  • 59 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 73 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 28 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 224 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bungacha qatorasiga to‘rt kun kunlik holatlar soni 800dan past bo‘lgandi, endi esa kunlik holatlar soni 21 iyuldan buyon ilk marta 700dan kam bo‘ldi, o‘shanda bir kunda 698 holat qayd etilgandi, oxirgi marta bundan past ko‘rsatkich esa 20 iyulda qayd etilgan - 658 holat.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 74 nafar
  • Buxoro viloyatida 20 nafar,
  • Jizzax viloyatida 37 nafar
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
  • Navoiy viloyatida 14 nafar, 
  • Namangan viloyatida 55 nafar
  • Surxondaryo viloyatida 21 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 91 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 32 nafar
  • Toshkent viloyatida 105 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 150350 (+583) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1099 nafarni tashkil qilmoqda.

2 sentabr kuni 93 kishida pnevmoniya aniqlanib (bu pnevmoniya statistikasi yuritilishi boshlanganidan buyon eng quyi ko‘rsatkich - ilk statistika e'lon qilinganida kunlik holatlar soni 172tani tashkil etgandi), jami holatlar soni 24268 nafarga yetdi. Kecha ularning 212 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 17046 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 180 nafarga yetdi.

Mavzuga oid