Sirdaryoda sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari to‘xtatib qolindi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qiymati 25 milliondan ziyod bo‘lgan noqonuniy parfyumeriya mahsulotlari ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
2021 yil 24 avgust kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
«Namangan – Guliston» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro T.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» kuzatuvga olinib, Mirzaobod tumanidagi “Yangi ko‘prik” yaqiniga kelib to‘xtagan vaqtida, mashina yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, unda sifatini kafolatlovchi va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 25 million 760 ming so‘mlik, 5 turdan iborat jami 460 dona parfyumeriya tovarlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024