O‘zbekiston | 10:28 / 08.09.2021
9852
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir kunda 660 kishida koronavirus aniqlanib, ikki kasallikdan 11 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 660 kishida koronavirus, 138 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 11 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 7 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 161768 (+660) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 48 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 62 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 116 nafari Toshkent viloyatida,
  • 237 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kunlik holatlar yana ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bungacha 6 sentabr kuni 640, 7 sentabr kuni 597 kishida virus aniqlangandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 33 nafar,
  • Andijon viloyatida 68 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, 
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Samarqand viloyatida 89 nafar, 
  • Surxondaryo viloyatida 18 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 83 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 26 nafar
  • Toshkent viloyatida 128 nafar,
  • Toshkent shahrida 211 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 153651 (+713) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 7 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1132 nafarni tashkil qilmoqda.

7 sentabr kuni 138 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24821 nafarga yetdi. Kecha ularning 302 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18321 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 196 nafarga yetdi.

Mavzuga oid