O‘zbekiston | 10:45 / 10.09.2021
11471
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar yana 700ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus, 159 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 7 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 9 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163108 (+687) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 72 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 16 nafari Namangan viloyatida,
  • 69 nafari Samarqand viloyatida,
  • 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 13 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 63 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kunlik holatlar bir muddatlik pasayishdan keyin yana ko‘tarila boshladi - so‘nggi marta 3 sentabr kuni kunlik holatlar soni 700ga yaqin bo‘lgan, 7 sentabr kuni esa bu ko‘rsatkich 600dan ham pastga tushgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 46 nafar,
  • Andijon viloyatida 55 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 22 nafar,
  • Samarqand viloyatida 90 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 70 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 24 nafar,
  • Toshkent viloyatida 105 nafar,
  • Toshkent shahrida 233 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 155114 (+740) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1142 nafarni tashkil qilmoqda.

9 sentabr kuni 159 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 25115taga yetdi. Kecha bemorlarning 329 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18955 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 200 nafarga yetdi.

Mavzuga oid