Fan-texnika | 21:31 / 23.09.2021
35861
1 daqiqa o‘qiladi

Brabus dunyodagi eng tezyurar krossoverni taqdim etdi

Kompaniya Mercedes-Benz GLE Coupe negizida qurilgan Brabus 900 Rocket Edition’dan 25 dona ishlab chiqaradi va uning narxi 447 400 dollarni tashkil qiladi.

Foto: Brabus

Brabus kompaniyasi Monakodagi Monaco Yacht Show 2021 yaxt-shousi doirasida Mercedes-Benz GLE Coupe modeli negizida qurilgan Brabus 900 Rocket Edition krossoverini keng ommaga taqdim etdi. Kompaniya ushbu krossoverni dunyodagi eng tezyurar yo‘ltanlamas deb e'tirof etmoqda.

Modelning maksimal tezligi soatiga 330 kmni tashkil qiladi. Mashina dvigateli modernizatsiya qilinib, 4,4 litr hajmga yetkazilgan.

Mashina 888 ot kuchiga ega dvigatel, 9 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Yangi model joyidan 100 km/soat tezlikkacha 3,2 soniyada erishadi.

Krossover 23 dyuymli Brabus Monoblock Y Platinum Edition g‘ildiraklari bilan jihozlangan. Orqa g‘ildiraklarga Continental firmasining 335/30 ZR23 va old g‘ildiraklarga 295/30 ZR23 o‘lchamdagi shinalari kiygazilgan.

Mashina ichini bezashda teri, alkantara va yog‘och qo‘llangan.

Brabus krossoverdan 25 dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid