Jahon | 22:21 / 29.09.2021
5949
1 daqiqa o‘qiladi

G20’ning Afg‘oniston bo‘yicha favqulodda sammiti 12 oktyabrga belgilandi

Foto: AP

Italiya bosh vaziri Mario Dragi G20’ning Afg‘oniston bo‘yicha favqulodda sammiti 12 oktyabrda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi, deb xabar berdi “TASS” axborot agentligi.

Katta yigirmatalik guruhi (G20) yetakchilarining sammiti Rimda bo‘lib o‘tadi. G20‘ga raislik qiluvchi Italiya Afg‘oniston masalasida asosiy ishtirokchi bo‘lgan AQSh, Turkiya, Xitoy va Rossiyani muzokaralarga jalb qilmoqchi. G20 a'zolaridan Fransiya va Germaniya Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish zarurati tufayli sammit o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.

2020 yil G20 sammiti Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud boshchiligida 21-22 noyabr kunlari onlayn tarzda o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid