Qo‘chqorov mamlakatning eng yirik kompaniyalarida IPO o‘tkazish rejalarini ma’lum qildi
O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan 30tasi 2025 yilgacha IPO o‘tkazishi rejalashtirilmoqda, deb ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Toshkentdagi iqtisodiy forumda.
“Investorlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, biz 2023 yilgacha 10ta yirik kompaniyada, 2025 yilgacha esa O‘zbekistondagi 20ta eng yirik kompaniyada IPO o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, – dedi vazir.
Qayd etilishicha, eng yirik kompaniyalar, xususan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Uzbekistan Airways, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz”dagi IPO'larni Toshkentda va xorijdagi fond birjalarida (ulardan aynan qaysilari ekani ko‘rib chiqilmoqda) o‘tkazish reja qilingan.
Avvalroq Energetika vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning 49 foizgacha aksiyalari 2024 yildan kechiktirmay IPO'da sotilishi haqida ma’lum qilgandi. Bu amalga oshsa, O‘zbekiston tarixidagi eng yirik IPO'lardan biri bo‘ladi.
Shu bilan birga, “O‘ztransgaz” va “Hududgazta’minot” AJlarning ham ma’lum miqdordagi aksiyalari ochiq savdoga chiqarilishi kutilmoqda.
OKMK aksiyalarini ochiq savdoga chiqarish 2023 yilga mo‘ljallangan. Buning uchun Ernst &Young xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi audit o‘tkazib bo‘lindi. Kombinatning IPO'ga tayyorligini baholash bilan esa KPMG shug‘ullandi.
Shu bilan birga, “O‘zmetkombinat” 2022 yilda, NKMK esa 2023 yilgacha IPO'ga chiqishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024