Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelgan.
Facebook servislari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar Instagram va WhatsApp ham yaxshi ishlamayotganini ma'lum qilgan.
Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelgan. Eng ko‘p shikoyatlar veb-sayt ochilmasligi (75 foiz), avtorizatsiya (15 foiz) va ma'lumotlar yuklanishi (10 foiz) bilan bog‘liq.
WhatsApp foydalanuvchilari ilova ishlamasligi (45 foiz), serverga ulana olmaslik (28 foiz) va xabar jo‘natishdagi muammolardan (26 foiz) shikoyat qilgan.
Instagram ilovasi (52 foiz), tarmoq veb-sayti ochilmasligi (29 foiz) bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda. Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, serverga bog‘lanishda ham muammolar mavjud (19 foiz).
Mavzuga oid
09:53 / 21.12.2024
RKN WhatsApp va Skype'ga foydalanuvchi ma’lumotini FSBga topshirish majburiyatini yukladi
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024