Jazoir Fransiya harbiy samolyotlariga o‘z hududidan uchishni taqiqlab qo‘ydi
Jazoir va Fransiya munosabatlaridagi ziddiyat ortida Jazoir fransuz harbiy samolyotlariga o‘z hududidan uchishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar berdi Le Figaro nashri. Bunga esa Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning Jazoir nomiga bildirgan tanqidiy fikrlari sabab bo‘lgan. Avvalroq shu sababga ko‘ra Jazoirning Fransiyadagi elchisi ortga chaqirtirilib olingandi.
Makron Yelisey saroyidagi qarorgohida Jazoirda 1954 yildan 1962 yilgacha davom etgan mustaqillik uchun urush qatnashchilarining nabiralari bilan uchrashuvda Jazoir o‘z tarixini Fransiyaga adovat bilan yo‘g‘rilgan holda qayta yozganini, mamlakatni o‘sha urush vaqtidan beri harbiy-siyosiy tuzum boshqarishini aytgan. Makronning bu so‘zlari ortida Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun Fransiyani mamlakatning ichki ishlariga aralashuvda ayblagan va Fransiyadagi elchini ortga chaqirtirib olgan.
“Jazoir va Fransiya o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchaymoqda. Le Figaro’ning ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiya Jazoir hududi ustidan o‘z harbiy samolyotlarida boshqa ucha olmaydi. U Mali shimolidagi “Barhan” amaliyoti doirasida Jazoir ustidan uchish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi”, deb yozilgan nashrda.
Fransiya bosh shtabi bundan 3 oktyabr ertalab xabar topgan, biroq u bu haqda rasmiy ogohlantirilmagan.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024