O‘zbekiston | 09:34 / 06.10.2021
1955
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yashovchi 81 yoshli otaxon 26 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Samarqand shahrida yashovchi 81 yoshli otaxon 26 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi Mirat Sultonov O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bungacha u uzoq yillar davomida fuqaroligi yo‘q shaxs maqomida yashab kelgan.

M.Sultonov 1995 yilda ma'lum sabablarga ko‘ra Tojikiston Respublikasidan Samarqand shahriga ko‘chib kelgan. 81 yoshli otaxon 26 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligini olgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 4 oktabr kuni otaxonga Samarqand shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan M.Sultonovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani haqida ID–karta rasmiylashtirib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni imzolagandi. Unga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi. Shuningdek, qonun bilan O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talabi bekor qilingan.

Mavzuga oid