Surxondaryoda 2-ligada qatnashuvchi jamoalarning o‘yinidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida 2-ligada qatnashuvchi jamoalarning Boysun tumanida bo‘lib o‘tgan o‘yinidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 oktabr kuni Boysun tumanida futbol bo‘yicha 2-liga ishtirokchilari «Boysun-1975» Qumqo‘rg‘onning «Qumqo‘rg‘on 1977» jamoalari o‘rtasida 6-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tgan. O‘yinda «Boysun-1975» jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yindan so‘ng futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal kelib chiqqan.
Shundan so‘ng janjallashayotgan futbolchilarni ajratish uchun maydonga IIB va Milliy gvardiya xodimlari tushgan va mehmon jamoa vakilidan birini maydondan olib chiqib ketishga uringan. Qayd etilishicha, Boysun tuman hokimi Asqarali Jo‘rayevning aralashuvi bilan organ xodimlari futbolchini qo‘yib yuborgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, janjalning boshlanishiga «Qumqo‘rg‘on 1977» jamoasi a'zolarining hakamlar o‘yinni halol boshqarmadi deb e'tiroz bildirishi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18 sentabr kuni ikki nafar futbolchi Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev jamoa ofisida «Surxon» futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov tomonidan kaltaklanganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng, O‘FA tomonidan mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan «Surxon» futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.
Mavzuga oid
22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
17:44 / 17.01.2025
Toshkentda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi
11:18 / 13.01.2025
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi
10:07 / 08.01.2025