Avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Bir necha yo‘lovchi jabrlangan. YTH bo‘yicha ish ochilmagan
28 sentabr kuni Toshkent—Namangan yo‘lining Chust tumanida hududidan o‘tgan qismida avtobus hamda yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Jabrlanganlardan birining yaqini Kun.uz’ga yozishicha, avtohalokatdan bir necha kun o‘tib ham birorta tashkilot yoki IIB xodimlari xabar olmagan.
Biz aniqlik kiritish maqsadida Namangan viloyat IIB YHXB bilan bog‘landik. Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi haqida hujjatlarda qayd etilmagan. Lekin shu vaqtning o‘zida ushbu hodisani o‘rganish uchun xodimlar safarbar etilgani ma'lum qilingan.
Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaroning yaqini YTH natijasida hozirda reanimatsiyada qolmoqda. Chust tumanining markazida sodir bo‘lgan YTH haqida hech bo‘lmasa tuman IIB bo‘limi xabardor bo‘lishi kerak edi va bu haqda viloyat boshqarmasiga yetkazishi kerak edi. Nimagadir oradan 9 kun o‘tib ham ushbu YTH haqida ma'lumot berilmagan.
Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmati vaziyatni to‘liq o‘rganib, bizga yetkazishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024