Jizzaxda magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarodan 2 300 dollar olayotgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyatida magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarodan 2 300 AQSh dollari olayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.L. ushlangan. U fuqaro D.ni tanishlari orqali 2 500 AQSh dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika institutining magistratura yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan. So‘ng kelishilgan puldan 2,5 million so‘mini qo‘lga kiritib, yana 2 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024