Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari hayfsan oldi
Ergash Soliyev qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Nazarovga hayfsan berdi. Nazarov “Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda boshqa dasturlar doirasidagi qurilishlarda mas'uliyatsizlik qilgani uchun jazolandi
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyevning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Nazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.
Hokimning 7 oktyabrdagi farmoyishida jazo qo‘llanishiga asos sifatida ”Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda boshqa dasturlar doirasida qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarishda, moliyalashtirilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda jiddiy qoloqliklarga yo‘l qo‘ygani, qurilish-montaj ishlarini sifatli amalga oshirishda yetarli darajada nazorat o‘rnatmagani kabi o‘z xizmat vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani” ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun, Bahrom Nazarov hokim o‘rinbosari lavozimiga shu yilning yanvar oyida qurilish sohasidagi korrupsiyaviy holatlar ortidan ishdan bo‘shatilgan Akrom Rahmonqulov o‘rniga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Buxoroda 5ta tuman hokimiga hayfsan berilgan, yana 2 nafar hokim jarimaga tortilgan edi.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024
Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan
12:31 / 10.11.2024