O‘zbekiston | 10:31 / 09.10.2021
2453
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda tanishiga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘zaro janjallashib tanishini pichoqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 sentyabr kuni soat 18:00larda, Boysun tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bog‘ ichida, tumanning Ariq usti mahallasida yashovchi K.I. o‘ziga tanish bo‘lgan, tumanning Tuzbozor mahallasida yashovchi S.Sh. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Janjal davomida S.Sh. yonida bo‘lgan pichoq bilan K.I.ning ko‘krak qafasi chap tomoniga bir marta zarba berib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, 1 oktyabr kuni S.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid