To‘raqo‘rg‘ondagi korxona qariyb 100 ming kub metr gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namangandagi korxona 10 ming xonadonning 1 kunlik iste'moliga teng gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Energetika vazirligi shtabi tomonidan Namangandagi «To‘raqo‘rg‘on asfalt sanoat» MChJga qarashli asfalt ishlab chiqarish korxonasining tabiiy gazdan foydalanish holati tekshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv jarayonida korxona tomonidan tabiiy gazdan foydalanish uchun gaz ta'minoti tashkiloti bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagani va ushbu iste'molchi «Hududgaz Namangan» gaz ta'minoti filialining FOSSA dasturida mavjud emasligi ma'lum bo‘lgan.
Olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur korxona tomonidan 97 ming 412 kub metr tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilgan. Buning natijasida gaz ta'minoti korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori 97 million 412 ming so‘mni tashkil etgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz qariyb 10 mingta xonadonning 1 kunlik iste'molini tashkil qiladi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Namangan viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024