O‘zbekiston | 17:53 / 16.10.2021
6115
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologik partiya nomzodining ishonchli vakili toza ichimlik suv bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi

Foto: Ekologik partiya

O‘zbekiston prezidentligiga Ekologik partiyadan nomzod Narzullo Oblomurodovning ishonchli vakillari tomonidan viloyatlarda va Toshkent shahrida saylovoldi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarida saylovchilar bilan o‘tkazilgan targ‘ibot uchrashuvlarida nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan 7 ta yo‘nalishdan iborat maqsad va vazifalar batafsil yoritib berildi.

Shuningdek, prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida keltirilgan elektr energiya samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish g‘oyalari tahlil qilindi.

Foto: Ekologik partiya

Nomzodning ishonchli vakillari chiqindilarni qayta ishlash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, toza ichimlik suvi tanqisligining oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ham ma'lumot berdi.

Uchrashuvda qatnashganlar nomzod tomonidan ilgari surilayotgan “aqlli qishloq xo‘jaligi” g‘oyasi, chiqindilar masalasi, ichimlik suv borasidagi savollar bilan uning ishonchli vakiliga murojaat qilishdi. Uchrashuv so‘ngida saylovchilar o‘z qiziqtirgan savollariga ishonchli vakillar tomonidan javoblar olishdi.

Mavzuga oid