Dunyoda ilk davlat zararli moddalar hajmini qisqartira olgani uchun pul oldi
Mozambik atrof-muhitga chiqariladigan zararli moddalar hajmini qisqartirgani uchun O‘rmon uglerod hamkorligi jamg‘armasi (FCPF) tomonidan pul olgan birinchi davlat bo‘ldi. Afrika davlati o‘z sa'y-harakatlari uchun 6,4 mln dollar bilan mukofotlangan.
Mozambik hukumati pulni chiqindilar hajmini qisqartira olganini tasdiqlovchi rasmiy hisobotni taqdim qilgandan keyin olgan. Bundan tashqari, mamlakatda 2020 yil sentyabrdan 2021 yil mayigacha mustaqil tekshiruv o‘tkazilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Mozambik 2019 yildan boshlab zararli moddalar hajmini 1,28 mln tonnaga qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, bu to‘lov Zambeziya provinsiyasidagi 9 ta hududda o‘rmonlar qisqarishi va yerlar holati yomonlashishi oldini olishga qaratilgan dastur doirasida amalga oshirilgan.
Dastur o‘rmonlarni ko‘paytirish hisobiga uglerod chiqindilari hajmini kamida 10 mln tonnaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ladigan davlatlarga 50 mln dollargacha pul to‘lashni ko‘zda tutadi.
Jahon bankining ta'kidlashicha, Mozambikka berilgan pul uning chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasining tan olinishi hisoblanadi. Bu ishlarga qishloq xo‘jaligini yuritishning barqaror usullari, o‘rmon resurslaridan foydalanishning monitoringi va foydali xususiyatlarini yo‘qotgan yerlarning tiklanishi kiradi.
Mavzuga oid
14:36
Mozambikda siklon 100 ga yaqin kishini hayotdan olib ketdi
15:47 / 04.12.2024
Yevropada bo‘rilarni muhofaza qilish maqomi 2025 yildan boshlab pasaytiriladi. Ularni ovlash osonlashishi mumkin
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
14:24 / 10.06.2024