O‘zbekiston | 21:00 / 22.10.2021
5171
2 daqiqa o‘qiladi
Bolalar maktab va bog‘chalarda sifatli oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlanishi kerak - Maqsuda Vorisova
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova ta'limning barcha bosqichlarida aholi uchun teng imkoniyatlar yaratishni ilgari surmoqda.
“Maktabgacha, o‘rta, kasb-hunar va oliy ta'limda aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratish zarur”, – deyiladi saylovoldi dasturda.
Dasturga ko‘ra, mazkur vazifani amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish reja qilinmoqda:
- 6 yoshga to‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlov bilan bepul to‘liq qamrab olish, har bir aholi punktida maktabgacha ta'lim muassasalarini ochish;
- maktab va maktabgacha ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarni sifatli va sog‘lom oziq-ovqat bilan kafolatli ta'minlash;
- bepul oliy ta'lim berish tizimini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini qonuniy jihatdan mustahkamlash va amaliyotga joriy etish. Shuningdek, talabalarning darsni o‘zlashtirishi va ularning innovatsion faoliyatda ishtirok etishiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilash, turar-joylarga muhtoj talabalarni qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlash;
- kam ta'minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini ta'lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
- olis qishloqlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan madaniyat muassasalari, sport inshootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san'at maktablarining faoliyatini yanada rivojlantirish;
- nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish, ularga ma'naviy-ma'rifiy sohada teng imkoniyatlarni ta'minlash. Maxsus adabiyotlarni, jumladan, ovoz jo‘rligidagi Brayl alifbosi asosida ham chop etish va xarid qilish, inklyuziv ta'limni rivojlantirish, shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga imtiyozlar taqdim etish.
Mavzuga oid
11:00 / 12.12.2024
“Odamlar to‘rtburchak, dumaloq va mehribon” – dunyoni boshqacha “ko‘radigan” bolalar
22:51 / 08.04.2023
Mudiraga qonun talablarini chetlab o‘tib, bolalar uyi ochishga kim yordam bergan?
18:50 / 01.06.2022
Islom Karimovga yozilgan xat, so‘m-kuponlar, 7 yoshda 3-sinf - bolalik xotiralari
09:07 / 31.05.2022