O‘zbekiston | 09:45 / 23.10.2021
1702
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroning tilla taqinchog‘i va telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqaroning pullari, tilla taqinchog‘i va telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 oktyabr kuni, Oltinsoy tumanida yashovchi K.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 6 oktyabrdan 7 oktyabr kuniga o‘tar kechasi, noma'lum shaxs, uyidan jami 2,5 million so‘mlik uyali telefoni va tilla taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Oltinsoy tumanida yashovchi, D.Z. sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviylar dalil olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 8 oktyabr kuni D.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid