American Airlines bir necha yuzlab reyslarni bekor qildi
AQShning eng yirik aviakompaniyasi American Airlines Xellouin bayrami nishonlanishi vaqtida xodimlar yetishmovchiligi va yomon ob-havo sababli asosiy aeroportlardagi yuzlab reyslarni bekor qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
“Butun tizimda muammoli ob-havo sababli xodimlarimiz soni qisqarmoqda, chunki ekipaj a'zolari muntazam reyslarni bajarishni to‘xtatmoqda”, deb izoh berilgan kompaniyada.
American Airlines 30 oktyabrda 460ga yaqin reys yoki jami reyslarning 17 foizini bekor qilgan, 300 ga yaqin reys ushlangan. 29 oktyabrda esa 700 ta reys bekor qilingan.
Aviakompaniyaning minglab mijozlari vaziyat yuzasidan kompaniyaga o‘z e'tirozlarini bildirgan.
American Airlines AQShning ichki reyslarni bajaruvchi eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
09:20 / 07.10.2024
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
13:26 / 11.01.2024