O‘zbekiston | 13:26 / 11.01.2024
4029
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Istanbul reysi Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi 

Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgan.

Foto: Uzbekistan Airways

Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan HY271 reysi Toshkent vaqti bilan 12:30 da Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, havo kemasini tez yordam mashinalari kutib olgan. 

Tez orada havo kemasi Istanbuldagi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid