Jahon | 22:43 / 05.11.2021
58919
3 daqiqa o‘qiladi

Dahshatli va ko‘zni qamashtiruvchi tabiat hodisasi: eng ta'sirli 10ta qum bo‘roni fotosuratlarda

Tez-tez qum bo‘ronlari hodisasi ro‘y beruvchi mamlakatlar aholisi buning aslida qo‘rqadigan joyi yo‘qligi, asosiysi o‘zini qanday tutishni bilish kerakligini ta'kidlashadi.

Bo‘ron yaqinlashayotganini go‘yo to‘satdan bo‘shliqqa tushib qolgandek, atrofda vujudga kelgan aql bovar qilmas sukunat hissi orqali oldindan tushunish mumkin. Bu sukunat insonda tushuntirib bo‘lmas havotir uyg‘otadi. Biroq tez orada sabab uzoqda emasligini anglaysiz. Ufqda kichik bulut paydo bo‘ladi, bir necha daqiqa o‘tgach esa tumanli, to‘q rangdagi bulutga aylanadi.

Avstraliya shimoli-g‘arbidagi Onslou shahri ko‘chalaridagi qum bo‘roni, 2013 yil yanvar.
Foto: National Geographic/Daniel Bryant

Nima qilish kerak? Asosiysi – vahimaga berilmaslik. Bunday katta ko‘lamli hodisa bilan kurashish ma'nisiz. Tabiatning qo‘li baland kelishi aniq, shuning uchun ishonchli joy topib, bo‘ron o‘tib ketishini kutish kerak.

Avstraliya, 2013 yil.
Foto: Brett Martin / AFP/Getty Images

Agar aholi yashash punktidan tashqarida bo‘lsangiz, u holda xaroba, avtomobil va katta o‘lchamdagi toshlar boshpana rolini bajarishi mumkin. Shamol turgan tarafdan qochib, yashirinish kerak bo‘ladi. Ko‘z, og‘iz va burunni chang hamda qumdan himoya qilish uchun istalgan kiyim bilan boshni o‘rash kerak. Mato orqali nafas oling. Aks holda chang o‘pka va burun-halqumga kiradi.

Arizona, AQSh, 2011 yil.
Foto: National Geographic/Andrew Pielage

Bo‘ronlar ko‘pincha o‘tayotgan siklonlar tufayli yuzaga keladi. Yilning issiq davrida atmosfera bosimining pastligi ham keng tarqalgan sabablardan biridir. Qizigan qumlar havoni juda isitib yuboradi va yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rnini esa aql bovar qilmas tezlikdagi sovuq oqim egallaydi. Bu qum bo‘ronlariga aylanuvchi mahalliy siklon hosil bo‘lishiga olib keladi.

Golmud qishlog‘i, Tsinxay provinsiyasi, Xitoy, 2010 yil
Foto: China Foto Press / Barcroft Media

Aynan shuning uchun ham cho‘llarga yaqin joylashgan aholi punktlari uchun qum bo‘ronlari – odatiy holat. Shunga qaramay, bu juda hayajonli manzara. Quyidagi suratlar falokat filmlari sahnalariga o‘xshaydi.

Iroq, 2007 yil.
Foto: James Gordon/Flickr
Saudiya Arabistonidagi qum bo‘roni, Ar-Riyod shahri, 2009 yil.
Foto: Steve Flowers/Flickr
Feniks, Arizona, AQSh, 2011 yil.
Xartum, Sudan, 2007 yil.
Foto: Fyrverkerida/Flickr

Mavzuga oid