O‘zbekiston | 09:54 / 06.11.2021
1736
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bir kilogrammdan oshiqroq marixuanani 45 million so‘mga sotayotgan samarqandlik ushlandi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida bir kilogrammdan oshiqroq marixuanani 45 million so‘mga sotayotgan samarqandlik qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, G‘allaorol tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan oshxona oldida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Pichoqchi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs 1 kilogramm 213 gramm marixuanani 45 million so‘mga sotgan vaqtda ushlangan.

«Damas» mashinasi ichida o‘tirib savdoni amalga oshirgan ayblanuvchidan giyohvandlik moddasi, 4 million so‘m hamda 1 ming 400 AQSh dollari hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Mavzuga oid