O‘zbekiston | 14:00 / 24.10.2022
5152
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 20 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Tezkor tadbirda fuqaroning uyidan 2 tup o‘sib turgan, 635 tup quritilgan marixuana o‘simligi borligi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 oktyabr kuni Jomboy tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Juriyat mahallasida yashovchi fuqaro xonadonining tomorqasida ikki tup yashil rangli, o‘tkir hidli marixuana giyohvandlik o‘simlik yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

Tadbir davom ettirilib, fuqaroning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda u yerda quritilgan holda bo‘lgan 635 tup marixuana o‘simligi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 49 yoshli fuqaroga nisbatan Jomboy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid