O‘zbekiston | 13:45 / 09.11.2021
6810
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Farhod Dehqonov Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyatida shu lavozimni egalladi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.

U 1970 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi olim-agronom. Shu vaqtgacha Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi «Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Farhod Dehqonov esa Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farhod Dehqonov 1980 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Bungacha u Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatining qayd etishicha, har ikkala yangi rahbar ham prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali qo‘mita tomonidan e'lon qilingan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan. Ular mos ravishda 82,5 va 80 ball to‘plab, sinovdan o‘tgan hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi tanlov komissiyasi bilan suhbatdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid