O‘zbekiston | 09:54 / 10.11.2021
3574
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi

Samarqand shahri UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Ma'lum qilinishicha, 2020 yil iyun oyida O‘zbekiston 2023 yilda Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun ariza topshirgan. Joriy yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyaning 24-sessiyasi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.

Mazkur sessiyada 2023 yilda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan shahar nomi ham tanlanadi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida unda Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi vakillari ham qatnashadi.

Sessiya doirasida Madrid shahrida O‘zbekiston delegatsiya tomonidan «O‘zbekiston madaniyati bilan tanishish» rasmiy qabuli tashkil etiladi. Tadbirda UNWTO Bosh Assambleyasining 24-sessiyasi mehmonlari va ishtirokchilari O‘zbekistonning xalq amaliy san'ati mahsulotlari bilan tanishishlari, milliy taomlardan tatib ko‘rishlari, hamda milliy folklor jamoalarining chiqishlarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid