Yangiariq tumani hokimi hayfsan intizomiy jazosini oldi
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani hokimi Davletov Anvar Kenjayevichga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.
Bu haqda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovning farmoyishi e'lon qilindi.
«Ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka hamda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjayevichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin», deyiladi hujjatda.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari bir qancha tumanlarda, jumladan Yangiariqda ham vaqtida boshlanmaganini va tuman hokimi qat'iy ogohlantirilishini ma'lum qilgan edi.
Davletov Anvar Kenjayevich Yangiariq tumani hokimi vazifasini 2020 yil dekabr oyidan beri bajarib kelmoqda. U 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
Mavzuga oid
19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi
16:06 / 08.08.2024