Tramp Vashingtondagi mehmonxonasiga egalik huquqini 375 million dollarga sotdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp kompaniyasi Vashington markazida joylashgan Trump International Hotel mehmonxonasiga egalik qilish huquqini 375 mln dollarga sotish haqida kelishuv tuzdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mehmonxonaga egalik huquqini Mayamida joylashgan CGI Merchant Group investitsion kompaniyasi xarid qiladi.
Mehmonxona binosidan zarhal harflar bilan yozilgan “Trump” so‘zi olib tashlanadi va uni Hilton Worldwide Holdings Inc. kompaniyasi boshqaradi.
Oq uy yaqinida joylashgan mehmonxona 1899 yilda qurilgan bo‘lib, avval pochta bo‘limi bo‘lgan. U hukumat tasarrufida bo‘lib, 100 yilgacha ijaraga berilishi mumkin. Shu sababli Tramp kompaniyasi binoning o‘zini emas, balki unga egalik huquqini sotadi. Bitim 2022 yil 1-choragida yopilishi kutilmoqda.
5 yulduzli mehmonxona 2016 yil sentyabrda ochilgan. Trump Organization 2012 yilda binoni yiliga 3 mln dollar ijara haqi to‘lash sharti bilan 60 yilga ijaraga olgan. Bundan tashqari, binoni rekonstruksiya qilish uchun 200 mln dollar sarflangan. Tramp mehmonxonani 2020 yilda 500 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
WSJ’ning ta'kidlashicha, AQSh kongressi vakillar palatasi mehmonxona ochilgandan beri zararga ishlagani, biroq Tramp kompaniyasi o‘tgan yillar ichida 150 mln dollar foyda olgani haqida hisobot berganidan xabardor. Bundan tashqari, Tramp prezident bo‘lgan vaqtda mehmonxonada Respublikachilar partiyasi a'zolari tez-tez uchrashuvlar o‘tkazib turgan.
Mavzuga oid
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
08:50 / 14.09.2024
Vashington va London Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi
13:23 / 05.06.2024
Ostonadan Vashingtongacha – turli davlatlar poytaxtini nega o‘zgartirgan?
14:35 / 30.03.2024