Minsk Rossiya harbiy bazalariga ehtiyoji yo‘qligini bildirdi
Viktor Xreninning so‘zlariga ko‘ra, Belarus o‘zining “Iskander” operativ-taktik raketa majmualariga ega bo‘lishni istamoqda.
Minsk Belarusga Rossiyaning harbiy bazalarini joylashtirish uchun zarurat yo‘q deb hisoblaydi. Bu haqda Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin ma'lum qildi.
«Bizga Rossiya bazalarining nima keragi bor? Biz ittifoq davlatimiz, butun Belarus armiyasi va Rossiya kuchlarining bir qismini o‘z ichiga olgan mintaqaviy qo‘shinlar guruhi bor. Zarurat bo‘lsa, Rossiya yonginamizda. Ular hududimizda bo‘lishadi. Bu yerga aviatsion yoki qandaydir bazalar joylashtirishning keragi yo‘q”, — dedi u.
Xrenin shuningdek, Belarus o‘zining “Iskander” operativ-taktik raketa majmualariga ega bo‘lishni istayotganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan bir nechta “Iskander” operativ-taktik raketa majmuasi divizionlarini olish niyatida ekanini aytgandi
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024