O‘zbekiston | 18:56 / 19.11.2021
12050
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Qirg‘iziston muftiysi boshchiligidagi diniy ulamolar tashrif buyurdi

Bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiyev bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

Musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi raisi Toyganbay Abdikarov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev ham qatnashgan.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar kengayib borayotgani, diniy-ma'rifiy sohadagi hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ikki davlat ulamolari Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar birdamligini ta'minlash va ikki qardosh xalq orasidagi do‘stlikni rivojlantirish, diniy idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni ravnaq toptirishda juda ham katta ishlar amalga oshirilayotganini bildirdi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

Muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh qardosh qirg‘izistonlik ulamolar Toshkent shahridagi «Hazrati Imom» masjidida birgalikda juma namozini ado etdi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

Mehmonlar shuningdek, Usmon Mushafini ziyorat qilib, Toshkent islom instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

Mavzuga oid