Yer osti boyliklari va imtiyozlar: DSQ raisi stavkalar faqat xususiy kompaniyalar uchun pasayishiga munosabat bildirdi
O‘zbekistonda oltin, mis, uran, neft va gaz qazib oluvchi xususiy kompaniyalarga misli ko‘rilmagan soliq imtiyozlari berilmoqda. Kun.uz muxbiri bu imtiyozlar yer osti boyliklarining oligarxlar qo‘liga oson o‘tishiga sabab bo‘lishi ehtimoli haqida Davlat soliq qo‘mitasi raisining munosabati bilan qiziqdi.
O‘zbekistonda 2022 yildan yer qa’ridan foydalanganlik uchun (oltindan tortib, gazgacha) soliq stavkalari pasaymoqda. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “O‘zbekneftegaz” uchun o‘zgarmasdan qoladi. Bu yer osti boyliklarning xorijiy va oligarxlarga tegishli kompaniyalarga o‘tib ketishi xavfini oshirmaydimi?
Kun.uz muxbirining ushbu savoliga javoban Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev bunday deb hisoblamasligini bildirdi.
“Soliq idoralari soliq kodeksida yozilgan normalarning ma’murchiligi bilan shug‘ullanadi. Soliq siyosati, stavkalarini belgilash esa ko‘proq Moliya vazirligiga taalluqli bo‘ladi.
Ikkinchidan, qolganlarga pasaytirilyapti, NKMK, OKMKga pasaytirilmayapti deganingiz, menimcha, ular davlat tashkilotlari-ku, shunga pasaytirilmagandir. Qolganlarga soliq stavkalarining pasaytirilgani bevosita xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hisobida ko‘proq mablag‘ qoladi, bu mablag‘lar o‘sha yerda ish o‘rni yaratilishiga reinvestitsiya qilinsa kerak.
Umuman, sizning taxminingizga men qo‘shila olmayman”, – dedi DSQ raisi.
Eslatib o‘tamiz, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari kamaytirilishi oktyabr oyi boshida imzolangan farmonda belgilangan edi.
Unga asosan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:
- neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha (amalda neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz);
- oltin va mis uchun 7 foizgacha (amalda oltin 10 foiz, mis 10 foiz);
- volfram konsentrati uchun 2,7 foizgacha (amalda 10,4 foiz);
- uran uchun 8 foizgacha (amalda 10 foiz) kamaytirilishi kutilyapti.
Biroq NKMK, OKMK va “O‘zbekneftgaz” avvalgi stavkalarda soliq to‘lashda davom etadi.
Yer osti boyliklarini o‘zlashtiruvchilar uchun bunday katta imtiyozlar 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida ham aks etgan.
Mavzuga oid
11:06
Tuman va shaharlar kesimida YaTTga qat’iy soliq stavkalari miqdori belgilanishi mumkin
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:55 / 23.08.2024