Niderlandiyaning Rotterdam shahrida koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi
O‘tgan shanba kuni Niderlandiya hukumati kasallanish holatlari keskin o‘sgani sababli uch haftalik lokdaun joriy etgandi.
Niderlandiyaning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Rotterdam shahrida hukumatning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha yangi joriy etgan choralari sababli tartibsizliklar kelib chiqdi. Norozilik namoyishi ishtirokchilari politsiya xodimlariga tosh va petardalar uloqtirdi, patrul mashinalariga o‘t qo‘ydi.
Yuzlab namoyishchilar koronavirusga qarshi vaksinatsiya pasportlari joriy etilishi va rojdestvo bayramida mushakbozlik qilish taqiqlanishiga qarshi norozilik bildirish uchun shahar markaziga to‘plandi.
Politsiyachilar ogohlantiruvchi o‘q uzishga majbur bo‘ldi. Shaharda favqulodda holat e'lon qilindi.
O‘tgan shanba kuni Niderlandiya hukumati kasallanish holatlari keskin o‘sgani sababli uch haftalik lokdaun joriy etgandi. Do‘kon va restoranlarning ishlash vaqti qisqartirildi, sport tadbirlariga cheklov o‘rnatildi.
Hukumatning koronavirusga qarshi vaksinatsiya pasportlarini joriy etish rejasi ayniqsa keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Hukumat turli muassasalarga faqat kovid-pasporti bo‘lganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.
Rojdestvo va yangi yil bayramlarida mushakbozlik o‘tkazishning taqiqlanishi esa olovga moy sepgandek bo‘ldi. Hukumatning ta'kidlashicha, bu chora “sog‘liqni saqlash tizimini ortiqcha yuklamadan xalos qiladi”.
Mavzuga oid
09:40
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
00:20 / 10.12.2024
Niderlandiyada ichki chegara nazorati joriy etiladi
20:40 / 06.12.2024
G‘ayrat Fozilov Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
23:41 / 03.12.2024