O‘zbekiston | 13:32 / 23.11.2021
10278
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda to‘rt vazirga hayfsan berildi. Yana 3 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkin

Foto: Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog‘istonda 4 nafar vazirga hayfsan berildi. Shuningdek, 22 noyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Kengashining farmoyishi ko‘ra, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va 3 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Zohidjon Ziyadullayev, Sog‘liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, Maktabgacha ta'limi vaziri Jumagul Usnatdinova, Xalq ta'limi vaziri Rustem Reyimovga ushbu jazo chorasi berilgan.

Ular O‘zbekiston prezidenti hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini ta'minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmagan.

Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Timur Bayekeyevga nisbatan 2021 yil iyulidagi hayfsan e'lon qilingani inobatga olinib, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Vazirlar Kengashi raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ernazar Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Baxitjan Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahar hokimi Utemurat Panayev, Bo‘zatov tumani hokimi Mahmud Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimovga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi nomiga taklif kiritilgan.

Mavzuga oid