Jahon | 17:04 / 24.11.2021
5213
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya hukumatiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi

Magdalena Andersson 26 noyabr kuni qirol Karl XVI Gustav bilan uchrashganidan so‘ng vazirlar mahkamasi rahbarligini rasman qabul qilib oladi.

Foto: AP

Shvetsiya parlamenti mamlakat moliya vaziri, sotsial-demokratik ishchi partiyasi yetakchisi Magdalena Andersson nomzodini bosh vazirlikka qo‘llab-quvvatladi. U Shvetsiya tarixidagi ilk ayol bosh vazir bo‘ldi, deb xabar berdi SVT telekanali.

U 26 noyabr kuni qirol Karl XVI Gustav bilan uchrashganidan so‘ng vazirlar mahkamasi rahbarligini rasman qabul qilib oladi.

Andersson oktyabrda, sobiq bosh vazir Stefan Leven sotsial-demokratik partiya rahbarligini tark etganidan so‘ng partiya yetakchisi etib saylangandi.

Leven hukumatni 2014 yildan buyon boshqargan. U 10 noyabr kuni iste'foga chiqishini e'lon qildi.

Mavzuga oid